Osh

Osh palovni sevib iste`mol qilmaydigan insonning o`zi bo`lmasa kerak. Palovni me`yoriga yetkazib tayyorlashni o`rganmoqchilar uchun ajoyib retsept! Xo`sh bugun nima ovqat?

🔅Kerakli masalliqlar:

1 kg go`sht (qo`y yoki mol go`shti)

1 kg sabzi(qizil va sariq)

3-4 ta piyoz

1 kg guruch

Ta`bga ko`ra zira, qora maydalanmagan murch, barbaris, zarchava, mayiz

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. Avvalo, qozon ozgina qizdirilib, so`ng 3-4 cho`mich yog` solinadi

2. Qozonda yog` qizigunga qadar piyozlarimizni yarimhalqa shaklida to`g`raladi. Qozon qizigandan so`ng piyoz solib qo`yiladi.

3. Go`sht bo`laklarga bo`linadi. Piyoz och oltinrang tusga kirganda go`shtni qozonga solamiz. Ta`bga ko`ra tuz solamiz.

4. So`ng sabzilarni archib, somoncha shaklida to`graymiz. Go`sht ozgina pishgandan so`ng sabzining yarmini qozonga solamiz. Yana ozgina vaqt o`tgandan so`ng sabzilarni qolgan yarmini qozonga solamiz. Tabga ko`ra tuz solamiz

Birinchi marta solgan sabzilarimiz oshga shirin ta`m bersa, ikkinchi marta solganlarimiz oshga o`zgacha chiroy beradi.

5. Sabzilar pishgandan so`ng qozonga go`shtlarni ustini yopgunga qadar suv solamiz. Ozginchadan so`ng ta`bga ko`ra zira, mayiz, barbaris, zarchava, qora murch solamiz. Qaynab chiqqandan so`ng tuzuni ko`rib, kerak bo`lsa ozgincha yana tuz solamiz va olovni ozgina pastlatib qo`yamiz.

6. Oshning zirvagini kamida 45 daqiqa davomida qaynatiladi.

7. Guruch 3 marta yuviladi va tuzli suvda 15-20 daqiqa davomida ivitiladi. So`ng suvi to`kib tashlanadi.

8. Guruch olishdan avval oshning zirvagi bir marta aralashtiriladi, go`shtlari sabzining ustiga chiqarib qo`yiladi. Keyin zirvak ustidan bir tekis qilib yoyib chiqiladi. Olov maksimumgacha baland qilinib, guruch ustidan 3 sm baland bo’lguncha kapkirni ustidan qilib qaynoq suv solinadi.

9. Guruch suvni shimib olgach, olov o’rtacha balandlikkacha pasaytiriladi va guruch tayyor bo’lguncha pishiriladi.

10. Guruchga kapkir bilan yengil urib ko’riladi. Agar bunda chiqadigan ovoz jarangdor bo’lmasa, guruchda tayoqcha yordamida qozon tubigacha bo’lgan chuqurchalar hosil qilinadi va ozgincha ustidan kapkir bilan yurg`izib shu chuqurchalar usti yopiladi.

11. So`ng kapkir bilan guruchni teskari tarafig o`girib chiqiladi. Ozgincha vaqt o`tgach yana guruchga kapkir bilan urib ko`riladi. Agar jarangdor ovoz eshitilsa, guruch tekislanadi va unda yana chuqurchalar hosil qilinadi(agar shu chuqurchalarga ozginadan zira solinsa osh ishtahaochar hidga ega bo`ladi , qozonning qopqog’i yopiladi, olov yanada pastroq qilinadi va osh 30 daqiqaga damlab qo’yiladi.

Palov tayyor! Uni bedanda tuxumlari, qazi bilan bezatish mumkin.

Yoqimli ishtaha✨😋😊