Ichimliklar

  • Category Archives : Ichimliklar

📌 Olmali choy

🔅Kerakli masalliqlar: 1 ta apelsin 1 ta olma Yarimta limon 1,5 choy qoshiq qora choy 2 osh qoshiq asal Bir nechta yalpiz barglari 🔅Tayyorlash bosqichlari: 1. Choynakka qaynoq suv quyib, to’kib yuboramiz. 2. Apelsinni parrak qilib to’g’rab olamiz va har bir aylana bo’lagini yana to’rtga bo’lamiz. Olmani esa uzunchoq qilib to’g’rab olamiz. 3. Limonni ikkiga

📌 Apelsinli limonad

🔅Kerakli masalliqlar: 3 ta apelsin 3 ta limon 1,5 stakan shakar Yarim bog` yalpiz 1,5 litr gazlangan suv 🔅Tayyorlash bosqichlari: 1. Apelsin va limon sharbatini siqib, qozonchaga solamiz. O’zini esa bo’laklarga bo’lib, solamiz. 2. Ustidan qaynoq suv quyamiz va gazga qo’yib, 10 daqiqa davomida qaynatamiz. So’ng sovutib, doka ro’moldan o’tkazamiz. 3. Suyuqlik ustidan shakar solib,

📌 Ice Coffee

🔅Kerakli masalliqlar: 4-6 choy qoshiq maydalangan tabiiy qahva 3 osh qoshiq quyultirilgan sut 1 bog`  yalpiz 🔅Tayyorlash bosqichlari: 1. Maydalangan qahvaning teng yarmini oldindan muz bo’lakchalari uchun qaynatib olamiz. Uni sovutib, doka ro’moldan o’tkazamiz va muz qolipchasiga quyamiz. Va qotishi uchun muzlatgichga olib qo’yamiz. 2. Qolgan qahvani qaynatib olamiz. Qaynagandan so’ng shu zahoti quyultirilgan sut

📌 Malinali moxito

🔅Kerakli masalliqlar: 1,5 litr xoxlgan shirin gazli ichimlik 500 gr malina 1 bog`  yalpiz 🔅Tayyorlash bosqichlari: 1. Chuqurroq idishga malinaning yarmi va yalpiz bargchalarini solamiz. Tuyib, maydalab olamiz. 2. Ustidan gazlangan ichimlikni quyib, 5 daqiqaga qoldiramiz. 3. Ichimlikni doka ro’mol yoki to’rli suzgichdan o’tkazib, stakanlarga quyamiz. 4. Ustini qolgan malina va yalpiz bargchalari bilan bezatamiz.

📌 Ko`k choyli yaxna ichimlik

🔅Kerakli masalliqlar: 2 litr suv 1 bog` yalpiz 120 gr asal 250 ml limon sharbati 2 osh qoshiq ko`k choy 🔅Tayyorlash bosqichlari: 1. Quruq choy ustidan suvni qaynatib solamiz. So’ng yalpizni bog’i bilan birga solamiz. 2. Tingan choyni doka ro’moldan o’tkazib, asal va limon sharbatini ham qo’shamiz. 3. Xona haroratida sovigandan so’ng olib, sovutgichga qo’yamiz.

📌 Ayron

🔅Kerakli masalliqlar: 500 gr suzma 1 litr toza ichimlik suvi Yarim bo`g yashil rayhon barglari Ta`bga ko`ra yalpiz, tuz, murch 🔅Tayyorlash bosqichlari: 1. Blender yoki mikser yordamida suzma bilan suvni 2-3 daqiqa davomida ko’pirtiramiz. Quyuq-suyuqligini ta’bingizdan kelib chiqib belgilang. 2. Mayda to’g’ralgan rayhon va yalpizni solamiz. 3. Tuz va murch sepib, yaxshilab aralashtiramiz. Sovutgichga qo’yib

📌 Banan-malinali smuzi

🔅Kerakli masalliqlar: 2 ta banan 200 gr malina 200 ml sut 🔅Tayyorlash bosqichlari: 1. Banan va malinani ertaroq, taxminan, 40-50 daqiqa muzlatgichga olib qo’yamiz. 2. So’ng ularni blender idishiga solamiz. Pyure holatiga kirgunicha maydalaymiz. 3. Sutni quyib, yana bir marotaba aralashtirib olamiz. Tayyor bo’lgan smuzini bokallarga quyib, yaxnaligida dasturxonga tortamiz. Yoqimli ishtaha✨😋😊