📌 Oshxonadagi maslahatlar:

  • 2019-09-03

📌 Oshxonadagi maslahatlar:

Toza va shinam oshxona, mazali taomlar har bir bekaga quvonch bag’ishlaydi. Lekin har doim ham bunga erishish oson emas. Sizga bunda bizning foydali maslahatlarimiz yordam beradi!

1. Archilgan olmalar qoraymasin desangiz, ularni tuzli sovuq suvga solib qo’ying.

2. Siqilgan limon qobiqlarini tashlamasdan qirg’ichdan o’tkazing va shakar bilan aralashtiring hamda bankaga solib muzxonaga qo’ying. Bu aralashma uzoq muddat aynimaydi. Tort yoki shirinlik qilayotganingizda vaqtingiz ketmaydi.

3. Pishloqni oson qirmoqchi bo’lsangiz, 15 daqiqa muzxonaga qo’yib qo’ying. 

4. Noningizni suvi ketib qolgan bo’lsa, hech ham tashvishlanmang. Ularni mantiqosqon listlariga terib chiqing va 10-15 daqiqa parda ushlab turing. Shundan so’ng dasturxonga yangi uzilgan nonday tortishingiz mumkin bo’ladi bu bilan oila a’zolaringizni ham hursand qilgan bo’lasiz.

5. Past olovda qovurilgan tuxum mazali chiqadi.

6. Ortib qolgan osh, shovla, qovurma kabi taomlarni qayta isitmoqch bo’lsangiz, ularga bir bosh piyozni maydalab to’g’rab qo’shib yuboring. Bu ovqatning ta’mini asl holiga kelishiga yordam beradi.

7. Agar pishirig’ingizni tag qismi kuygan bo’lsa, uni qirg’ichning mayda tishi orqali ketkizishingiz mumkin.

8.  Kotlet farshiga tuxumning faqatgina sarig’ini qo’shing. Chunki kotletlarni qovurish jarayonida ularni tezroq pishirib, go’shtni siqib, suvini chiqarib yuboradi, natijada kotletlar quruq bo’lib chiqadi.

9. Pomidorni po’stlog’idan ajratib olishning qulay usuli, uni archlashdan avval qaynoq suvga solib so’ng sovuq suvga solib oling.

10. Yalpizni to’g’rab ishlatmoqchi bo’lsangiz ularni to’g’rab bo’lganizdan keyin ustiga biroz shakar sepib qo’ying, bu ish yalpizni hidini yana ham o’tkirlashishiga yordam beradi.