📌Vannani tozalashning oson usuli

📌Vannani tozalashning oson usuli

Har bir inson uchun yuvinish xonasidagi tozalik muhim, albatta. Og’ir kundan so’ng uyga kelganda, toza oppoqqina xonada vanna qabul qiling  va charchoqlardan xalos bo’ling!

Kerakli mahsulotlar:

3% li vodorod perekis eritmasi

6 osh qoshiq iste’mol sodasi

3 osh qoshiq idish-tovoq yuvish uchun gel

Gel bilan iste’mol sodasini aralashtirib, qo’yiqligi qaymoqqa o’xshaguncha vodorod perekis eritmasi qoshib, aralashtiramiz. Vannani ho’llab, aralashmamizdan surtib qo’yamiz. Yarim soatdan so’ng gubkani aralashmamizning ustidan ho’llab surtib chiqamiz. Agar xohlasangiz buni 2-3 marta qaytarishigiz mumkin. 2 soat va undan ko’p muddatga qoldirib, so’ng yuvib tashlashingiz mumkin. Oppoq vanna sizga muntazir.