📌 Holvaytar

📌 Holvaytar

🔅Kerakli masalliqlar:

100 gr o’simlik yog’i

200 gr un

200 gr shakar

1 litr qaynoq suv

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. Yog’ni yaxshilab qizdirib, un solib och jigarrang tusga kirgunga qadar qovuramiz. Bunda to’xtovsiz aralashtirib turiladi.

2.  Shakarni 1 litr qaynoq suvda eritib olamiz.

3.  Qozonga ehtiyot bo’lib shirin suvning yarmini solamiz, tez aralashtirib, qolgan suvni ham quyamiz. Yaxshilab aralashtiramiz, quymoq bo’lib qolmasligi kerak. Pas olovda 10 daqiqa qaynatamiz. Tez-tez kovlab turamiz.

Agar 10 daqiqagacha suv kamayib, qo’yilib qolsa yana ozgina suv solish mumkin.

Tayyor bo’lgandan so’ng likopcha yoki piyolaga solib sovutib dasturxonga tortishimiz mumkin.

Yoqimli ishtaha✨😋😊