📌 Baqlajonli ruletlar

📌 Baqlajonli ruletlar

🔅Kerakli masalliqlar:

2 ta baqlajon

2 ta tuxum

2 ta pomidor

Ko’katlar,

Ta’bga ko’ra tuz, murch, sarimsoqpiyoz

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. Baqlajonni yupqa uzunchoq qilib kesib chiqamiz. Tuxumlarni chaqib, aralashtiramiz. Baqlajonlarni tuxumga belab, qizigan tovada qovurib olamiz.

2. Pomidorlarni po’stlog’ini archib, kesib chiqamiz. Ko’katlar va sarimsoqpiyozni ham mayda qilib to’g’rab olamiz.

3.  Baqlajonga pomidor, ko’katlar hamda sarimsoqpiyoz solib, rulet shaklida o’raymiz.

Ruletlarimizni tayyor bo’lishi bilan ham sovuq holda ham dasturxonga tortishimiz mumkin.

Yoqimli ishtaha✨😋😊