📌 Uyda pishirilgan non

📌 Uyda pishirilgan non

🔅Kerakli masalliqlar:

450 gr un

1 choy qoshiq tuz

1 choy qoshiq iste’mol sodasi

400 ml qatiq

1 osh qoshiq zig’ir urug’chalari

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. Un, tuz, iste’mol sodasi va zig’ir urug’larini aralashtiramiz.

2. So’ng qatiq solib, xamir qoramiz.

3. Stol ustiga un sepib olamiz so’ng xamirni stol ustiga qo’yamiz va dumaloq shakl beramiz.
Chiroyli chiqishi uchun pichoq bilan xamir ustini biroz kesib olamiz.

4. 200 C darajada qizdirilgan duxovkada 40 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Yoqimli ishtaha✨😋😊