📌 Tvorogli quymoqchalar

📌 Tvorogli quymoqchalar

🔅Kerakli masalliqlar:

2 ta kabachki

200 gr tvorog

2 ta tuxum

3 osh qoshiq un

Ta’bga ko’ra tuz, koritsa

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1.Kabachkidan tashqari barcha masalliqlarni bitta idishga solamiz.

2. Kabachkini po’sti bilan qirg’ichdan chiqarib olamiz. Suvini siqib tashlaymiz.

3. Kabachkilarni solib, aralashtiramiz.

4. Tovaga ozroq o’simlik yog’i quyib olamiz va qizdiramiz.

5. Qoshiq yordamida tovaga tvorog-kabachkili quymoqchalardan solib chiqamiz.

6. Quymoqchalarni har bir tarafidan 2-3 daqiqadan qizartirib qovurib chiqamiz.

7. Ularni yogurtli qayla bilan birga tortish mumkin. Buning uchun kefir, kashnich, tuz, murch va sarimsoqpiyozni aralashtirib olamiz.

Yoqimli ishtaha✨😋😊