📌 “Smak” salati

📌 “Smak” salati

🔅Kerakli masalliqlar:

4 ta pomidor

100 gr pishloq

100 gr quritilgan oq non

2 dona sarimsoqpiyoz

Mayonez, ukrop

Ta’bga ko’ra tuz

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. Pomidor va pishloqni o’rtacha to’rtburchak shaklda to’g’rab olamiz, chuqurroq salat idishiga solamiz.

2. Ukropni mayda to’g’rab olamiz va pomidor bilan pishloq safiga qo’shib olamiz. Sarimsoqpiyozni ezib solamiz.

3. Dasturxonga tortishdan oldin quritilgan non bo’laklari va mayonez solib yaxshilab aralashtirib olamiz va ta’bga ko’ra tuz sepamiz.

Yoqimli ishtaha✨😋😊