📌 Olmali choy

📌 Olmali choy

🔅Kerakli masalliqlar:

1 ta apelsin

1 ta olma

Yarimta limon

1,5 choy qoshiq qora choy

2 osh qoshiq asal

Bir nechta yalpiz barglari

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. Choynakka qaynoq suv quyib, to’kib yuboramiz.

2. Apelsinni parrak qilib to’g’rab olamiz va har bir aylana bo’lagini yana to’rtga bo’lamiz. Olmani esa uzunchoq qilib to’g’rab olamiz.

3. Limonni ikkiga bo’lib olamiz va har bir bo’lagini sharbatini siqib choynakka quyamiz.

4. Barcha mahsulotlarni choynakka solib olamiz so’ngra asalni ham quyib olamiz, dolchin va yalpiz yaproqchalarini ham solamiz.

5. Quruq choyni solib, qaynagan suv quyamiz. Yaxshilab aralashtirib, 15 daqiqa tindirib qo’yamiz.

Yoqimli ishtaha✨😋😊