📌 No’xatsho’rak

📌 No’xatsho’rak

🔅Kerakli masalliqlar:

500 gr no’xat

1 choy qoshiq iste’mol sodasi

1 kg qo’y go’shti (qovurg’ali qismi)

1 ta piyoz

Ta’bga ko’ra tuz va zira

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. No’xatni yuvib, tog’orachaga solamiz, ustidan iste’mol sodasi va xona haroratidagi suvni solamiz. Iste’mol sodasi no’xatni yumshashiga yordam beradi. So’ng ivitilgan no’xatni 8 soat yoki bir kechaga qoldiramiz.

2. Go’shtni o’rtacha kattaliklarga bo’lamiz.

3. Ivitilgan no’xatni suvini to’kib, o’zini yaxshilab chayib tashlaymiz.

4. Qozonga no’xatni, ustidan go’sht bo’laklarini solib, 2,5 litr suvni quyamiz.

5. Qaynash darajasiga keltiramiz va ustidagi ko’piklarini olib tashlaymiz,

so’ng bitta piyozni po’stini archib, butunligicha solamiz.

6. Qopqog’ini yopib, 6-8 soat past olovda pishiramiz, suvi yetarli ekanini tekshirib turamiz . 5 soatdan so’ng, zira, tuz va ta’bga qarab murchni solamiz.

7. Taomni no’xat va go’sht pishgunicha qaynatamiz. So’ng suzib, ustiga to’g’ralgan piyozdan solamiz.

Yoqimli ishtaha✨😋😊