📌 Lapshali tovuqli sho’rva

📌 Lapshali tovuqli sho’rva

🔅Kerakli masalliqlar:

Yarimta tovuq

1 ta piyoz

Tayyor lapsha

Ta’bga ko’ra tuz, murch, ko’katlar

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. Tovuqni yuvib, bo’laklarga bo’lamiz va qozonga solamiz. Ustidan suv quyib, gaz ustiga qo’yamiz va qaynash darajasiga keltiramiz.

2. Qaynagandan so’ng ustidagi ko’pigini olib tashlaymiz va tuz, murch donachalari hamda butun piyozni solamiz.

3. Qopqog’ini yopib, past olovda tovuq tayyor bo’lguniga qadar pishiramiz.

4. Pishgandan so’ng tovuq va piyozni sho’rvadan olamiz. Tovuqni kichik bo’lakchalarga bo’lamiz. Bulyoniga lapshadan solamiz. Lapsha tayyor bo’lguniga qadar aralashtirib turamiz.

5. Tayyor taomni suzib, dasturxonaga tortamiz.

Yoqimli ishtaha✨😋😊