📌 Tryufellar

📌 Tryufellar

🔅Kerakli masalliqlar:

200 gr qora shokolad

200 ml qaymoq

20 gr sariyog’

Kakao

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. Qaymoqni qozonchaga solib, qaynash darajasiga yetkazmay eritib , maydalangan shokolad bilan sariyog’ni solib bir xil massa bo’lguncha aralashtirib olamiz.

2. Shokoladli aralashmani konteynerga solamiz, sovigandan so’ng ustini streych bilan yopamiz. Bunda pleyonka shokoladning ustiga tegib turishi kerak. So’ng 6-8 soatga sovutgichga olib qo’yamiz.

3. Qoshiq yordamida qotgan shokoladdan uzib olamiz, aylana shakl berib, kakaoga bulg’ab olamiz.

Yoqimli ishtaha✨😋😊