📌 Olmali pirog

📌 Olmali pirog

🔅Kerakli masalliqlar:

500-600 gr yashil olma

Xamir uchun:

300 gr un

150 gr muzdek sariyog’

50 gr shakar upasi

1 dona tuxum

3 osh qoshiq muzdek suv

Bir chimdim tuz

Karameliga:

140 gr shakar

250 gr smetana

100 ml sut

1 ta tuxum

50 gr un

Tuxum sarig’i

🔅Tayyorlash bosqichlari:

Xamiri:

1. Tog’orachaga un, shakar upasi va tuzni solamiz. Alohida idishga esa suv va tuxumni solib, aralashtirib olamiz.

2. Sariyog’ni qirg’ichdan chiqarib, un ustidan solamiz va qo’lda yaxshilab ishqalab olamiz. Tuxumli aralashmani ustidan quyib, xamir qorib olamiz.

3. Xamirni yelim xaltaga solib, 1 soatga sovutgichga olib qo’yamiz.

Karameliga:

4. Shakarni ikki qismga bo’lamiz. Bir qismini qozonchaga sepamiz va gazga qo’yib, qahrabosimon rangga kirgunicha eritamiz. So’ng qolgan qismini ham solib, eritib olamiz.

5. Alohida idishga sutni quyib, qaynatib olamiz.

6. Qaynagan sutni oz-ozdan karamel ustidan quyib, yaxshilab aralashtirib olamiz. Suyuqlikni sovutib olamiz.

7. Alohida idishga un, tuxum, tuxum sarig’i va smetanani solib, aralashtirib olamiz. Sutli aralashma ustidan solib, venchikda silliq holatga kirgunicha aralashtirib olamiz.

8. Qolipga sariyog’ surtamiz. Xamirni ikkita pergament qog’oz o’rtasida yoyib olamiz va qolipga olamiz.

9. Olmalarni po’sti va danakchalaridan ajratib olamiz. Parrak qilib to’g’rab, xamir ustidan terib chiqamiz.

10. Ustidan aralashmamizni quyamiz. Bunda quyma butun olmalarni ustidan quyilishi shart.

11. 180 C darajada qizigan pechda 40-45 daqiqa davomida pishirib olamiz.

Qolipida sovutib olamiz, so’ngra kesib, dasturxonga tortishimiz mumkin.

Yoqimli ishtaha✨😋😊