📌 Limonli pirog

📌 Limonli pirog

🔅Kerakli masalliqlar:

200 gr margarin

400 gr un

150 ml sut

1 dona tuxum

1 choy qoshiq razrixlitel

1 choy qoshiq vanil

Bir chimdim tuz

Tuxum sarig’i

2 ta limon

300 gr shakar

1 osh qoshiq bug’doy yormasi

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. Sutni ilitib, shakar va xamirturushni solib aralashtiramiz va 20 daqiqaga chetga olib qo’yamiz (ustida ko’pik hosil bo’ladi).

2. Tog’orachaga unni solamiz, ustidan muzdek sariyog’ni qirg’ichdan chiqarib solamiz. Tuz va vanilni solib qo’lda ishqalab olamiz.

3. Ustidan tuxum, sutli aralashmani solib, xamir qoramiz.

Xamirni ustini sochiq bilan yopib, 30-40 daqiqaga sovutgichga olib qo’yamiz.

4. Limonlarni yuvamiz, parrak qilib to’g’rab, danaklarini ajratamiz va o’zini g’o’shtqiymalagich yoki kombayn yordamida maydalab olamiz.

Ezilgan limonlar ustidan shakar va bug’doy yormasi(mannaya krupa)ni solib, aralashtiramiz, Limonning barcha sharbati chiqib ketmasligi uchun ham, uni pishirishdan oldin tayyorlab olamiz.

Aytgancha, ba’zi bir limonlarning po’stlog’i achchiq bo’lib, ular pirogning ta’mini buzib qo’yishi mumkin. Buning uchun limonning sariq po’stini qirg’ichdan chiqarib olamiz, oq rangli po’stini pichoqda archib tashlaymiz (aynan shu qismi pirogni taxir qilishi mumkin).

5. Xamirni teng ikki qismga bo’lamiz.

Bittasini olib, yana teng ikkiga bo’lamiz. Shunday qilib bizda 3 ta xamir bo’laklari hosil bo’ladi — bitta katta, ikkta kichkina.

6. Xamirning katta bo’lagini yoyib, qolipga qo’yamiz, chetlari sal osilib tursin.

Ustidan limonli aralashmani yarmini solamiz.

7. Xamirning kichkina bo’lagini ham yoyib, pirogni ustidagi limonli aralashma ustidan yopamiz, Qolgan limonli aralashmani hammasini solamiz va qoshiqda bir xil tekislab chiqamiz. Ikkinchi kichkina xamirni yoyamiz va pirogni ustini yopamiz. Chetlarini birlashtirib, buklab chiqamiz. Pirogni ustini sanchiqi bilan bir nechta joyini teshib chiqamiz. Yoki xohishga qarab bunday qilishimiz ham mumkin: Xamirni oxirgisini yoyib, pichoq bilan bir nechta joyini kesib chiqamiz. So’ng olib, ustini yopamiz.

8. Ustiga tuxum sarig’ini surtib chiqamiz.

180 C haroratda qizdirilgan gaz pechiga qo’yib, 30 daqiqa davomida pishirib olamiz. 

Yoqimli ishtaha✨😋😊