📌 Sarimsoqpiyozli suxariklar

📌 Sarimsoqpiyozli suxariklar

🔅Kerakli masalliqlar:

1 dona non

3-4 qoshiq o’simlik yog’i

3-4 dona sarimsoqpiyoz

Tuz, maydalangan qalampir va ziravorlar

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. Nonni to’rtburchak yoki sal uzunchoq shaklda to’g’rab olamiz.

2. Non bo’laklarini pech patnisiga terib, 150 C darajada qizigan pechda 10 daqiqa davomida quritib olamiz.

3. Kosachaga pista yog’i, ziravorlar, ezilgan sarimsoqpiyoz va tuzni solib, aralashtirib olamiz.

4. Quritilgan suxariklarni kattaroq idishga olamiz. Ustidan yog’li aralashmani quyamiz. Qo’lda yaxshilab aralashtirib olamiz.

5. Suxariklarni pech patnisiga terib, 150 C darajada qizigan pechda yana 20 daqiqa davomida quritamiz.

6. Suxariklarni sovutib, so’ng konteynerga olamiz.

Yoqimli ishtaha✨😋😊