📌 Limon va apelsinli murabbo

📌 Limon va apelsinli murabbo

🔅Kerakli masalliqlar:

3 dona limon

3 dona apelsin

1 kg shakar

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. Limon va apelsinlarni yuvib olamiz.

2. Kattaroq idishga solib, ustidan qaynoq suv quyamiz. 10 daqiqadan so’ng suvini to’kib tashlab, yana bir marta qaynoq suvdan quyamiz. Bu ulardagi achchiq ta’mni yo’qotish uchun kerak bo’ladi.

3. Limonlarni parrak qilib to’g’raymiz va danaklaridan tozalaymiz.

4. Apelsinlarni po’stini archib olamiz — u bizga kerak bo’ladi. Uning ostidagi oq po’stini archib tashlaymiz, chunki u kerak bo’lmaydi. Apelsinlarni ham parrak qilib to’g’rab, danakchalaridan tozalab olamiz.

5. Limon va apelsinlarni po’sti bilan birga go’shtqiymalagich yoki oshxona kombaynida maydalab olamiz.

6. Ularni kattaroq idish yoki qozonga solib, ustidan shakar sepamiz. Qaynash darajasiga keltiramiz. Bunda muntazam kovlab turishni unutmaymiz.

Qaynash boshlangandan so’ng 5 daqiqa qaynatamiz.

Shu jarayonni yana bir marotaba takrorlaymiz.

7. Issiq murabbolarni toza bankachalarga solib, 3-4 haftagacha sovutgichda saqlaymiz. 

Yoqimli ishtaha✨😋😊