📌 Ispancha “Churros” shirinligi

📌 Ispancha “Churros” shirinligi

🔅Kerakli masalliqlar:

110 gr sariyog’

Yarim choy qoshiq vanilin

Yarim choy qoshiq tuz

130 gr un

Jigarrang shikari uchun:

50 gr shakar

Yarim choy qoshiq koritsa

Shokoladli qaylasi uchun:

100 gr shokoladli plitka

100 ml qaymoq

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. Qozonchaga suv quyamiz, vanilin, sariyog’ va tuz solib, gazga qo’yib, qaynash darajasiga keltiramiz.

2. Gazdan olib, unni solamiz va tezda aralashtirib olamiz. So’ng yana 2 daqiqaga gazga qo’yib, muntazam aralashtirib turamiz. Shunda ortiqcha suyuqligi bug’lanib ketadi.

3. Xamirni sovutib olamiz, so’ng boshqa idishga olamiz.

4. Ikkta tuxumni solib, mikserda yaxshilab ko’pirtirib olamiz.

5. Qolgan bitta tuxumni alohida idishga solib, yaxshilab ko’pirtirib olamiz va ko’pirtirishni to’xtatmay, xamir bilan birlashtiramiz.

6. Xamirni qandolatchilik qopchasiga solamiz va «yulduzcha» uchligini qo’yamiz.

7. Qozonni gazga qo’yib, o’simlik yog’ini quyamiz. Yog’ning sathi 5 sm dan kam bo’lmasligi lozim.

8. Yog’ yaxshilab qizigandan so’ng esa pishiriq qopchasidan to’g’ri yog’ga xamirlarni siqib chiqaramiz va qaychida kesamiz. Ikkala tomonini 2 daqiqadan qovuramiz. Bir martada 2-3 dan ko’p solish kerak emas.

9. Qovurilgan pishiriqlarni qog’oz sochiq ustiga solamiz.

10. Shakar va dolchinni aralashtirib, churroslarni ularga botirib chiqamiz.

11. Shokoladni suv bug’ida eritib olamiz. So’ng qaymoqni solib, yaxshilab aralashtirib olamiz.

Mazali shirinliklarni issiqligida dasturxonga tortamiz.

Yoqimli ishtaha✨😋😊