📌Tovuqli koreyscha salat
🔅Kerakli masalliqlar:
2 ta tovuqning lahmi
300 gr karam
200 gr koreyscha sabzi(markavcha)
2-3 osh qoshiq mayonez
O’simlik yog’i
Tuz, ukrop, petrushka hamda maydalangan qora murch
🔅Tayyorlash bosqichlari:
1. Tovuq lahmini qaynatib, sovitib, tolalarga ajratamiz
2. Karamni somoncha shaklida ingichka qilib to’g’rab, ozgincha ezg’ilab olamiz.
3. Ko’katlarni yuvamiz, quritamiz so’ng maydalab to’g’raymiz.
3. Barcha masalliqlarni qo’shib aralashtiramiz, ta’bga ko’ra tuz, murch, mayonez qo’shamiz.
Yoqimli ishtaha✨😋😊
