📌 Oson tayyorlanadigan pirojkilar

📌 Oson tayyorlanadigan pirojkilar

🔅Kerakli masalliqlar:

1,5 stakan un

5 ta tuxum

400 gr smetana

20 gr yashil piyoz

1 osh qoshiq razrixlitel

30 gr shakar

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. 3ta tuxumni qaynatib, sovitib, mayda qilib to’g’rab olamiz. Yashil piyozni ham mayda qilib to’g’raymiz va tuxum bilan aralashtirib olamiz.

2. Unni elakdan chiqarib, tuz va razrixlitel bilan aralashtirib olamiz.

3. 2 ta tuxum, 250 gr smetana va shakarni bir xil massaga kelgunga qadar ko’pirtirib olamiz va un bilan qo’shib aralashtirib olamiz.

4. Xamirga tuxum va yashil piyozni ham qo’shib olamiz.

5. Tovani qizdirib olamiz va xamirni dumaloq shaklida quyib qo’g’rib olamiz.

6.Taomimizni dasturxonga tortishimiz mumkin.

Yoqimli ishtaha✨😋😊