📌 Kartoshkali ajoyib taom

📌 Kartoshkali ajoyib taom

🔅Kerakli masalliqlar:

2-3 dona kartoshka

2 osh qoshiq un

1 osh qoshiq sariyog`

1 dona tuxum

Non talqon(maydalangan suxariklar)

Ta`bga ko`ra tuz, ko`katlar

🔅Tayyorlash bosqichlari:

1. Kartoshkalarni tuzli suvda qaynating va pyure tayyorlang. Tuxumning sarig`i, sariyog` va ko`katlar qo`shib, aralashtiring. Pyuredan dumaloq sharchalar yasang.

2. Tuxumni oqini ko`pirtiring. Tayyorlagan sharchalarimizni avval tuxumning oqiga, so`ng unga botiring.

Yana tuxumning oqiga, so`ng maydalangan suxariklarga botiring.

3. Tayyor bo`lgan sharchalarimizni yog`da pishguniga qadar, qog`iring

Yoqimli ishtaha✨😋😊