📌Qizil dengiz salati

📌Qizil dengiz salati

🔅Kerakli masalliqlar:

  • 250gr krab tayoqchalari
  • 2-3dona pomidor
  • 1 dona qizil bulg’or qalampiri( ta’bga ko’ra )
  • 150gr qattiq pishloq
  • 2 dona sarimsoqpiyoz
  • mayonez

🔅Tayyorlash bosqichlari:

  1. Krab tayoqchalarini somoncha shaklida to’g’rab olamiz.
  2. Pomidordagi suyuq qismini, urug’larini olib tashlab to’g’raymiz.
  3. Pishloqni qirg’ichdan chiqarib olamiz. So’ng sarimsoqpiyozni press moslamadan chiqarib olamiz.
  4. Barcha masalliqlarni bir idishga solib mayonez bilan aralashtiramiz.
    Yoqimli ishtaha✨😋😊